
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining anjumanlar zalida "O'zbekiston: Uchinchi Renessans - taragqiyot konsepti" asarining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Pokistonlik yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti” nomli kitobi chop etildi.
Kitobda davlat va siyosat arbobi Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasining mazmun-mohiyati,uning ma’naviy ildizlari va global ahamiyati batafsil tahlil qilingan.
Shu bilan bir qatorda, kelajak sivilizatsiyasi uchun ahamiyati ta’kidlangan.
Ushbu asarga Pokiston Bosh vaziri janob Muhammad Shahboz Sharif so‘z boshi yozganligi Pokiston davlati va xalqining Prezidentimizning g‘oyalari va xalqlar o‘rtasida hamkorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan global miqyosdagi qator tashabbuslarining yuksak e’tirofidir.
“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti” kitob o‘zbek tilida ham nashrga tayyorlandi.


