ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. ENG YAXSHI IJODKOR AYOL

ENG YAXSHI IJODKOR AYOL

ENG YAXSHI IJODKOR AYOL
24-dekabr, 2025

“Yil ayoli – 2025” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Mazkur nufuzli tadbir jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining bilim, tashabbuskorlik, fidoyilik va yetakchilik fazilatlari bilan boshqalarga ibrat bo‘layotgan xotin-qizlarni e’tirof etishga qaratilgan. Tanlovlar orqali turli soha va yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgan, mahalla va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, oilaviy farovonlik, ma’naviy muhit va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan ilg‘or ayollar aniqlanib, keng jamoatchilikka namuna sifatida taqdim etilmoqda.“Yil ayoli – 2025” da 14 nafar ayollar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar: 

✅“Yilning eng vatanparvar ayoli” —  Qayimova Nigoraxon Ismoilovna — Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi

✅“Yilning eng faol olima ayoli” — Muhitdinova Kamola Alisherovna — Iqtisod fanlari doktori, Markaziy bank ambassadori

✅“Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” — Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna —Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti taʼsischisi,  zargarlik va kashtachilik buyumlari ishlab chiqarish markazi rahbari

✅“ Yilnnig eng ilgʻor tadbirkor ayoli” — Oʻlmasova Raʼnoxon Nomonovna — Beshariq tumanidagi “Turist Agro” MCHJ boshqaruvchisi

✅ “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” — Joʻrayeva Dilobar Saidullayevna — Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tumani boʻlimi rahbari

✅ “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” — Sodiqova Muqaddasxon Abdumalikovna — Izboskan tumanidagi “SAM bright line” oilaviy korxonasi rahbari

✅ “Yilning eng yaxshi uy bekasi” — Alimova Boʻston Oʻrinbekovna — Yangiyoʻl tumani “Guliston” mahallasi uy bekasi

✅“Yilning eng faol maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” — Fayziyeva Shoira Ayubovna — Guliston davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, oila psixologi

✅ “Yilning eng jonkuyar ustozi” — Ayimbetova Kaljan Jollibayevna — Qoʻngʻirot tumanidagi 52-umumtaʼlim maktabi direktori

✅ “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” — Pardayeva Dilbar Abduvyevna — Jizzax “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internati uyi direktori

✅ “Yilning eng yaxshi boshqaruvchisi” — Rangova Ramilya Rifkatovna — Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinati aksiyanerlik jamiyati “Shimoliy kon” boshqarmasi Markaziy fizik-kimyoviy laboratoriyasi mikrobiologiya guruhi rahbari

✅“Xotin-qizlar faoliyatini eng koʻp targʻib etgan OAV vakili” —Usmanova Nazokat Shavkatovna — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi mudiri

✅ “Ijtimoiy tashabbuslar yetakchisi” — Qutlimurotova Dilafruz Sultanmuratovna — Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi

✅“Matonatli ayol” — Sidiqova Nigora Voxidovna — 2025-yilning 10–13-dekabr kunlari Dubay shahrida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan V Paraosiyo oʻyinlarida 8 ta oltin medalini qoʻlga kiritgan Husniya Olimjonovaning onasi.
 

Jumladan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati Olot tumani bo‘linmasi rahbari, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Jo‘rayeva Dilobar Sadullayevna “Yil ayoli” milliy tanlovlning respublika bosqichida "Eng yaxshi ijodkor ayoli" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi jamoasi Dilobar Sadullayevnaning  ijodi va jo'shqin faoliyatini e'tirof etib, kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar