
#seminar
Bugun vazirlik, idora va oliy ta'lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas'ullar uchun o'quv-seminari tashkil qilindi.
Unda quyidagi masalalarga e'tibor qaratildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish;
- Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash;
- 2026-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar; samaradorligini oshirish;
- Davlat tilining nufuzi va jozibadorligini oshirish;
- Vazirlik tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil qilish: tajriba va muammolar;Seminar davomida bugungi tahlikali davrda eng bebaho ne’mat — tinchlik va xotirjamlikni asrash, tashqi tahdidlar va mafkuraviy xurujlar davrida ma’nan ogoh va xushyor bo‘lish, ma’rifatni mustahkam tutish har qachongidan ham muhim ekani ta’kidlandi.
O'z navbatida ma'naviyatchining faoliyat portfeli bo'lishi, targ'ibotda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish bo'yicha zarur ko'rsatma va tavsiyalar berildi.


