
✍️ Kun tartibidan O‘zbekiston milliy jamoasi hamda muxlislarning joriy yil iyun–iyul oylarida futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtiroki bilan bog‘liq tadbirlarni g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirib borish masalalari o‘rin oldi. Muloqot davomida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz sha’nini munosib tarzda namoyon etishda timsollarning ma’naviy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
➡️ Tadbir avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari mazkur tarixiy ahamiyati haqida fikr bildirarkan, jahon chempionati kabi yirik xalqaro musobaqalar milliy o‘zlikni mustahkamlash, mamlakatimiz imidjini oshirish, shuningdek, o‘zbekistonlik futbol muxlislarining o‘yinlarda madaniyatli va faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️ Uchrashuv doirasida Badiiy akademiya a’zolarining turli yo‘nalishlarda yaratgan ijod namunalari ham namoyish etildi. Ularda milliy an’analar, zamonaviy qarashlar, vatansevarlik g‘oyalari hamda sport orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlik mavzulari badiiy ifoda etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
➡️ Ijodiy ishlar ishtirokchilar va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ular o‘rtasida ijodiy fikr almashuv, mulohaza va takliflar bildirilishiga zamin yaratadi.
⚡️Ushbu muloqot ijodkorlarning ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.


