ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Texnikumlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar

Texnikumlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar

Texnikumlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar
28-yanvar, 2026

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Texnikumlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar mavzuida” o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari – texnikumlar direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

O‘quv seminarida texnikumlarda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishning metodologiyasi, “Kelajak soati” mashg‘ulotlari mavzulari, “Ma’naviyat va ma’rifat xona”larini jihozlash texnologiyalari muhokama qilindi.

O‘quv seminari RMMMning 2025 yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolikni tomosha qilishdan boshlandi.

Shundan so‘ng RMMM Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik bo‘limi xodimlari To‘xtasin Arslonov va Tolmas Razzoqovlar tomonidan texnikumlarda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishning metodologiyasi, “Kelajak soati” mashg‘ulotlari mavzulari, “Ma’naviyat va ma’rifat xona”larini jihozlash texnologiyalari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Seminarning ikkinchi qismida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi, shuningdek ular o‘zlari faoliyat yuritayotgan texnikumlardagi faoliyati mobaynida erishgan yutuqlari va mavjud muammolar haqida gapirdilar.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 5-son texnikum direktorining o‘rinbosari Faxriddin Norqulov ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda moliyaviy ta’minotning huquqiy asosini mustahkamlash zarurati mavjudligi hamda mafkuraviy targ‘ibotni tashkil etishda uslubiy yordam yanada kuchaytirilishi zarurligini taklif qildi. Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda RMMM tavsiyalariga tayangan holda tegishli yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va Kasbiy ta’limni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanib, texnikumlarga yetkazilishi lozimligini ta’kidladi.

RMMM vakili T.Arslonov o‘z o‘rnida RMMM ushbu yo‘riqnomaga tadbirlarni tashkil etish yuzasi ssenariysi, xarajatlar smetasi loyihalaridan iborat tavsiyalarni o‘z ichiga olgan qismi tayyorlab brilishini aytib o‘tdi.

Ishtirokchilardan Karmana tumanidagi 1-son texnikum direktorining o‘rinbosari To‘lqin Kenjayev, Samarqand shahar 1-son texnikumi direktori o‘rinbosari Zafar Saidov, Baxmal tumanidagi 2-son texnikum direktori o‘rinbosari Timur Boltayevlar o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar.

Seminar ishtirokchilari Markaz qoshidagi JALINGA studiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, u yerda sun’iy idrok yordamida tayyorlangan kontentlarni tomosha qildilar.

Seminar yakunida Kasbiy ta’limni rivojlantirish agentligi vakili Bahodir Sobirov o‘quv seminarini tashkil etganligi uchun RMMM rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar