
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugida “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etib, harbiy xizmatchilar bilan ochiq va samimiy suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, shuningdek, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi, harbiy xavfsizlik va mudofaani yanada mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Okrug qo‘mondonligi vakillari va harbiy xizmatchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.
Samimiy ruhdagi uchrashuv askarlar bilan tushlik paytida ham davom etdi. Ularning qiziqishlari, kelajak rejalari va maqsadlari tinglandi.
Kuchli armiya — yuksak ma’naviyat bilan!


