
Prezidentimizning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan PQ-9-sonli qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida korxona va tashkilotlarda kitob burchaklari tashkil etilmoqda.
Shunday ezgu tashabbus namunasi sifatida viloyat soliq boshqarmasida kitobxonlik burchagi tashkil etildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovni soliq xodimlari va soliq to‘lovchilar uchun yaratilgan kitob burchaklari bilan tanishtirarkan, ushbu loyihaning ma'naviy qiymatini alohida ta'kidlab o'tdi. Kelgusida barcha tashkilot va korxonalarda kutubxona hamda kitob burchaklari tashkil etilishi belgilandi.


