
Tarixiy-falsafiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ommabop jurnal
Ma’naviyat targ‘ibotchisining muayyan vazifasi yo‘q. U zavod ishchisi emas. Har kim o‘z saviyasida targ‘ibot olib boradi. Ammo umumiy qoidalar bor: o‘zi har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan, O‘zbekiston va jahondagi siyosiy jarayonlardan xabardor, tahlil qobiliyatiga ega, notiq va tashkilotchi. Ana shunda qaysi tashkilotda bo‘lmasin, u maqsadiga erisha oladi.
Yo‘qsa, xat-hujjatchi kadrdan farqi qolmaydi.
«Men kimman? Qanday yashayapman? Bu dunyoga kelishimdan maqsad nima?». Ana shu savollar insonning o‘zini anglash yo‘lidagi ilk mujdalardir.
Bu yo‘l ko‘rinadiganidan ancha chuqur va mafhum, chunki o‘zini anglash degani faqat ism yoki jins, millat, kasb haqida bilish emas, balki ruhiy, ma’naviy va ilohiy o‘zlikni his qilishdir.
Sosiologik so‘rovlarga ko‘ra, er-xotinlar
bir-birlariga psixologik yordam ko‘rsatadigan oilalarda nizolar muvaffaqiyatli hal qilinadi. O‘zaro hurmat, murosa, bag‘ rikenglik, xatolarni kechirish nizolarning oldini olishga xizmat qiladi.
Bu kabi qimmatli fikr-mulohazalarni "Ma’naviy hayot" jurnalining 2025-yildagi 4-soni sahifalarida o'qishingiz mumkin.


