
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Asosiy maqsad — xalqimizning fidokorona mehnati va yurtimizdagi tub o‘zgarishlar, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni badiiy va ta’sirchan asarlar orqali keng yoritish, iste’dodli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash.
Memorandum doirasida:
Har bir hududdagi yangilanishlar haqida alohida kitoblar tayyorlanadi
Tasviriy san’at asarlari yaratilib, eng sara ishlar katalogi nashr etiladi
Eng yaxshi badiiy asar mualliflari munosib rag‘batlantiriladi
Mazkur tashabbus mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizdagi yangilanish va taraqqiyot jarayonlarini badiiy ifoda orqali keng targ‘ib etish, mahalla institutining jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik, shukronalik va islohotlarga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.


