
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi o‘rtasida “Yosh ijodkorlar sahnasi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat mamlakatimizdagi keng ko'lamli islohotlarni sahna asarlarida ifoda etish, yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash, ijodiy loyihalarni kengaytirish, teatr san’ati orqali aholi, ayniqsa yoshlar qalbida milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan asarlarni yaratishni ko'zda tutadi.
Hamkorlikda yaratilgan sahna asarlari mamlakatimiz Mustaqilligining shonli 35 yilligi munosabati bilan o'tkaziladigan "Ma'naviyat festivali" doirasida hududlar bo'ylab namoyish etiladi.


