
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “O‘zbek to‘ylaridagi isrofgarchilik: an’ana va zamon ziddiyatlari — maromiylik zaruriyati” mavzusida maqolalar to‘plami nashr etildi.
To‘plamga “Maromiylik” loyihasi doirasida e'lon qilingan olim va ziyolilarning to‘y marosimlaridagi isrofgarchilik, an’ana va zamon qarashlari o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda maromiylik masalalariga bag‘ishlangan eng sara ilmiy maqolalari kiritilgan.
Ushbu nashr ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, siyosatshunoslar, talabalar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.


