
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida 26–27 fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Zamonaviy ma'rifat: yangi nigoh, kreativ yondashuv” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tadi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, targ'ibotchilarning notiqlik, media savodxonlik, psixologik barqarorlik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.
Asosiy yo‘nalishlar:
✅ Strategik tahlil: Yangi O‘zbekiston g‘oyalarini sodda va xalqchil tilda tushuntirish.
✅ Soft Skills (Yumshoq ko‘nikmalar): Notiqlik, xarizma va auditoriya bilan ishlash.
✅ Digital Skills (Raqamli ko‘nikmalar): Ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt va vizual kontent bilan ishlash.
✅ Psixologiya: Turli qatlamlar (aholi, uyushmagan yoshlar) bilan muloqot va konfliktlarni boshqarish.
📍 Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 110 nafar yetuk ziyoli, olim va ekspert ishtirok etadi.
🟢 Loyiha doirasida qatnashchilarga “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolik guvohnomasi hamda maxsus sertifikatlar topshiriladi.
Loyiha Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


