
Namanganda viloyat hokimligi ijroiya apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlari ijrosi yuzasidan shahar va tuman ishchi guruhlarining muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Mas’ullar, ma’naviy-ma’rifiy soha vakillar quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratdilar:
Maktablar atrofida bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish;
Jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatni oshirish;
Mahallalar hududida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, dars mashg‘ulotlari vaqtida nazoratni kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Ota-onalar, mahalla faollari va pedagoglar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning dars tayyorlashi va kechki vaqtda nazoratini ta’minlash yuzasidan targ‘ibot ishlarini faollashtirish.
Yig‘ilish yakunida ishchi guruhlar faoliyatini kengaytirish hamda targ‘ibot tadbirlarini manzilli tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.


