
O‘zbekiston hududlarining etnik xilma-xilligini aks ettirgan "Navro‘z bog‘i".
Mazkur bog‘ Anhor-Lokomotiv bog‘i yonida joylashgan bo‘lib, 2,5 gektar maydonni egallagan.
Navro‘z bog‘i, O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2017-yilning 7-avgustida imzolangan qaroriga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qurilgan.
Boqqa ikki olam – koinot va yerning bir-biriga bog‘liqligini ifodalovchi ramziy shakldagi darvozadan kiriladi. To‘g‘rida favvorali Navro‘z amfiteatri joylashgan. Yon tomonda hayot davomiyligi timsoli – diametri 72 metrli charxpalak qurilgan. Anhor kanali ustidan o‘tuvchi 88 metrli ko‘prik dam oluvchilarga o‘ziga xos sayr qilish imkoniyatini ulashadi.
Bog‘ ichida joylashgan etnografik shaharchada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan. Paxsa devorlari, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalar qayta tiklangan.
ushbu dam olish maskanida xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlari chuqur ifodasini topgan. 2,5 gektar maydon etnografik shaharchaga aylantirilgan. Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.
Paxsa devorli hovlilar, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalarimiz qayta tiklangan. Bu yoshlarning xalqimiz tarixi va milliy madaniyatimiz haqidagi bilimlarini boyitib, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytiradi, xorijlik sayyohlar uchun diqqatga sazovor maskan bo‘ladi.Manba:Navro‘z bog‘i telegram sahifasi


