ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “Yangi nigoh” yosh jurnalistlar va blogerlar uchun yaxshi imkoniyat!

“Yangi nigoh” yosh jurnalistlar va blogerlar uchun yaxshi imkoniyat!

“Yangi nigoh” yosh jurnalistlar va blogerlar uchun yaxshi imkoniyat!
13-mart, 2026

Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida talabalar ishtirokida “Yangi nigoh"  Yosh jurnalistlar va blogerlar klubi”ning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

🔸Uchrashuvda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Xusanov hamda filologiya fanlari doktori, professor, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Beruniy Alimov yosh ijodkorlarga loyihaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushintirib berdilar. 

 🔸Loyiha doirasida Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi arafasida “Yangi O‘zbekiston manzillari” mavzusida turkum media kontentlar tayyorlash rejalashtirilgan. Shu jumladan, “Amir Temur izidan”, “Ziyoli so‘zi”, “Munosabat”, “Bir islohot – bir natija”, “Fikr bilan himoyalan”, “Ustozga ehtirom”, “Tavsiya etamiz”, “O‘zbek mehri”, “Oila qadri”, “Bola tarbiyasida eng yaxshi amallar”, “Milliy iftihor”, “Bir ayol – bir g‘oya” loyihalari doirasida kontentlar tayyorlanadi.
 

Beruniy Alimov, 
filologiya fanlari doktori, professor, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi:- Networking — yosh jurnalistlar va blogerlar uchun eng muhim kapitallardan biridir. Chunki bu sohada faqat iste’dodning o‘zi yetarli emas — aloqalar, muloqot va ishonchli hamkorlar ham katta rol o‘ynaydi. Bir uchrashuv yangi g‘oya berishi, bir tanishuv esa kelajakdagi katta loyihaga eshik ochishi mumkin.

Shuning uchun tadbirlarga boring, savol bering, odamlar bilan tanishing va tajriba almashing. Bugun oddiy suhbat bo‘lib tuyulgan muloqot ertaga sizni yangi imkoniyatlar, hamkorlik va professional o‘sishga olib borishi mumkin. Chunki jurnalistikada ko‘pincha eng qimmat resurs — bu insonlar bilan bog‘lanishdir.  

Shuhrat Zayniyev,
“Yosh jurnalistlar va blogerlar klubi” a’zosi: 

- “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Yosh jurnalistlar va blogerlar klubi” biz kabi targ‘ibotga shay yoshlarning harakatlariga kamarbasta bo‘ladi, desam adashmagan bo‘laman.

Uchrashuvning ilk kunidanoq mahoratli jurnalist, professor Beruniy Alimovning bizga o‘tib bergan seminar mashg‘uloti har bir yosh jurnalistning kelgusidagi rejalarini belgilab bera oldi.

Bugungi uchrashuv bizga yangi tanishuvlar, fikrlar almashinuvi va mahorat darsi vazifasini o‘tadi. Uchrashuvda ko‘zda tutilgan turli loyihalar yosh bloger va jurnalistlarni hozirgi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan O‘zbekistonning yangi qiyofasini faxr bilan namoyish etishga undaydi.

Kelgusida butun yurtimiz bo‘ylab keng yoyiladigan  ushbu loyiha yosh hamkasblarimiz uchun qaynoq ijodiy jarayon, butun umrlik tajriba maktabi va muhim ko‘nikmalar manbai bo‘lishiga ishonaman.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar