
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida boshlangan “Navro‘z” sayli festivali “Yashil makon” loyihasi bilan boshlandi.
Nihol ekish milliy qadriyatlarimizning bir qismidir. “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari, sanʼat va madaniyat xodimlari, adiblar, nuroniylar “Maʼnaviyat bog‘i”ga katta umid bilan nihol qadadilar.
Sirdaryo viloyati Hovos tumanida o‘tkazilayotgan “Navro‘z sayli” festivali doirasida milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda o‘zbek xalqining urf-odatlari, an’analari, milliy liboslari, hunarmandchilik buyumlari hamda qadimiy taomlari namoyish etilib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur ko‘rgazma milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, ajdodlardan meros qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishga xizmat qilmoqda.
"Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, elimiz suygan san’at vakillari hamda shoirlardan iborat guruh Sirdaryo viloyati bo‘ylab festival tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilayotgan festival dasturidan “Mumtoz navolar”, “Do‘stlik dasturxoni”, “Ma’rifat bog‘i”, “An’ana va Avangard”, “Bahodirlar o‘yini” hamda “Samodagi orzular” kabi loyihalar o‘rin olgan.
Boyovut tumanida Navro‘z shukuhi tobora avj olmoqda. Milliy an’ana va urf-odatlarimiz bilan uyg‘unlashgan bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda, xalq sayli ruhida davom etmoqda.
Milliy kuy-qo‘shiqlar, qadimiy udumlar, samimiy tabriklar va bahor nafasi — bularning barchasi Navro‘zning o‘zgacha fayzini yanada oshirmoqda.


