
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Unda korxona, tashkilot va muassasalarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi mas’ul xodimlari hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari ishtirok etdilar.
🔹 Seminar “Zamonaviy ma’rifat: yangi nigoh, kreativ yondashuv” mavzusiga bag‘ishlanib, unda bugungi kun ma’rifat targ‘ibotchisining zamonaviy qiyofasi, yoshlar va keng jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borish usullari muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, targ‘ibot ishlarini innovatsion va kreativ yondashuvlar asosida tashkil etish, auditoriya bilan interaktiv ishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar-trening ma’rifat targ‘ibotchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning faoliyatiga yangicha ruh va kreativ yondashuv olib kirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


