ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Yurtimizda yagona ma’naviy makon barpo etishning strategik yo‘nalishlari muhokama etildi

Yurtimizda yagona ma’naviy makon barpo etishning strategik yo‘nalishlari muhokama etildi

Yurtimizda yagona ma’naviy makon barpo etishning strategik yo‘nalishlari muhokama etildi
27-mart, 2026

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan joriy yilning 25-mart kuni “O‘zbekistonda yagona ma’naviy makon barpo etishning strategik yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.  

Konferensiyada mamlakatimizda ma’naviy muhitni mustahkamlash, jamiyatda umumiy qadriyatlar makonini shakllantirish hamda aholining mafkuraviy immunitetini kuchaytirish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilindi.

Tadbirda professor-olimlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrash hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga oid qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ilgari surdi.  

Konferensiya yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasiga kiritish belgilab olindi.

Mazkur konferensiya mamlakatimizda yagona ma’naviy makonni shakllantirish, milliy qadriyatlar va ma’rifiy taraqqiyotni mustahkamlash yo‘lida muhim ilmiy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie