
Turkiya Respublikasida o‘tayotgan xalqaro forum doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi hamda Hatay Mustafo Kemal universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat doirasida:
- ulug‘ mutafakkirning ma’naviy-ilmiy merosi Turkiyada keng targ‘ib etiladi;
- Navoiy asarlari zamonaviy turk tiliga tarjima qilinadi;
- ikki mamlakatda o‘zbek va turk tillarini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil qilinadi;
- madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi;
- universitet va ilmiy muassasalar o‘rtasida talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek,
Memorandum doirasida Temuriylar davri adabiyoti, turkiy xalqlarning umumiy madaniy va lisoniy merosini ilmiy o‘rganish, folklor va etnografik tadqiqotlar, qo‘shma nashrlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.


