
Delegatsiya a’zolari Hatay viloyatining Arsuz tumanidagi O’vakent mahallasida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar.
Navro‘z bayrami shu yerda o‘ziga xos ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Qozonlarda osh damlandi, dasturxonlarga sumalak tortildi. Samimiy suhbatlar yurtdan olisdagi yuraklarni yanada yaqinlashtirdi.
Bu nafaqat bayram, balki o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga sadoqat va birdamlikning yorqin ifodasiga aylandi.


