
Xabar berib borayotganimizdek, o’zbek ziyolilaridan iborat delatsiya ayni kunlarda Turkiya Respublikasida bo’lib turibdi.
Dastur doirasida Turkiya yozuvchilar uyushmasida ham ijodiy muloqot tashkil qilindi.
Uyushmaga “Milliy qadriyatlar atlasi”, “O’zbek madaniyati tarixidan lavhalar”, “Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli kitoblar to’plami taqdim etildi.
“Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati hamda uyushma o’rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi.


