ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Qahva uchun 140, jinsi shim uchun 8 000 litr suv kerak – koʻzga koʻrinmas isrofgarchilik

Qahva uchun 140, jinsi shim uchun 8 000 litr suv kerak – koʻzga koʻrinmas isrofgarchilik

Qahva uchun 140, jinsi shim uchun 8 000 litr suv kerak – koʻzga koʻrinmas isrofgarchilik
07-aprel, 2026

22-mart – Butunjahon suv kuni

Har kuni ertalab bir piyola qahva ichganimizda yoki paxtadan tikilgan libos kiyganimizda, biz nafaqat oʻsha mahsulotni, balki uni yetishtirish va ishlab chiqarish uchun sarflangan minglab litr suvni ham isteʼmol qilamiz. Bu jarayon ilm-fanda va ekologiyada virtual suv tushunchasi bilan ifodalanadi.

Virtual suv (yoki yashirin suv) – bu biror bir mahsulot yoki xizmatni yaratishning barcha bosqichlarida sarflanadigan suvning umumiy miqdoridir. Ushbu konsepsiyani 1993-yilda britaniyalik olim Jon Entoni Allan ilgari surgan. Biz koʻpincha joʻmraklarimizdan oqayotgan suvnigina koʻramiz va tejashga harakat qilamiz, biroq xarid qilayotgan mahsulotlarimiz ortida turgan ulkan suv sarfini koʻra olmaymiz.

Virtual suv tushunchasi orqali davlatlar oʻrtasidagi eksport va import aloqalariga tamomila boshqacha, chuqurroq nigoh bilan qarash mumkin. Jahon bozorida mahsulotlar aylanganda, aslida davlatlar oʻrtasida ulkan hajmdagi virtual suv savdosi ham amalga oshadi. Masalan, suv tanqisligi sharoitida yashovchi mamlakat suvni koʻp talab qiladigan ekinlarni (paxta yoki sholi kabi) yetishtirib, ularni eksport qilsa, u aslida oʻzining eng cheklangan va qimmatli suv resurslarini arzon narxda xorijga chiqarib yuborayotgan boʻladi. Aksincha, suvga boy mamlakatlar bunday mahsulotlarni eksport qilishi tabiiy muvozanatga unchalik zarar yetkazmaydi.

Shu sababli, qurgʻoqchil mintaqalar uchun suvni koʻp talab qiladigan mahsulotlarni import qilish va kam suv ishlatiladigan, lekin iqtisodiy qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga eʼtibor qaratish strategik jihatdan muhimdir. Bu suv sektorining barqaror rivojlanishini taʼminlashda eng asosiy tahliliy vositalardan biri sanaladi.

 

Ayrim mahsulotlarning virtual suv hajmi:

  • Bir piyola qahva: taxminan 140 litr suv (qahva daraxtini oʻstirish, hosilni yigʻish va qadoqlash uchun).
  • Bir dona paxta futbolka: taxminan 2 700 litr suv (bu bir insonning qariyb uch yillik ichimlik suvi ehtiyojiga teng).
  • Bir kilogramm mol goʻshti: 15 000 litrdan ortiq suv (chorva ozuqasini yetishtirish, parvarishlash va goʻshtni qayta ishlash uchun).
  • Bir kilogramm bugʻdoy: taxminan 1 300 litr suv.
  • Qoʻlingizdagi bitta smartfonni ishlab chiqarish uchun (metallarni qazib olishdan tortib, mikrochiplarni yaratish va yigʻishgacha) oʻrtacha 12 000 litr suv sarflanadi.
  • Bitta jinsi shim yaratish uchun oʻrtacha 8 000 litr suv sarflanadi. Bu bir insonning qariyb 7-yil davomida ichadigan suvi miqdoriga teng.
  • Bitta oddiy A4 formatdagi qogʻozni ishlab chiqarish uchun oʻrtacha 10 litr suv ketadi. Eski qogʻozlarni qayta ishlash (makulatura) esa bu suv sarfini bir necha barobarga kamaytiradi.
  • Bitta yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun (poʻlat eritish, boʻyash, shinalar tayyorlash) oʻrtacha 150 000 litrdan 300 000 litrgacha suv ketadi.
  • Bitta olma yetishtirish uchun 70 litr suv kerak boʻlsa, bitta oʻrtacha kattalikdagi pissa tayyor boʻlishi uchun (bugʻdoy, pomidor va pishloq uchun ketadigan suv) 1 260 litr suv sarflanadi.

Suv resurslarining global miqyosda kamayishi fonida virtual suv sarfini boshqarish faqatgina davlatlar yoki yirik kompaniyalarning vazifasi emas. Bu har birimizning kundalik isteʼmol madaniyatimizga bevosita bogʻliq. Oziq-ovqat isrofining oldini olish, kiyim-kechak va buyumlardan uzoqroq foydalanish, shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalar orqali yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish orqali biz sayyoramizning qon tomiri boʻlgan suvning kelajak avlodlarga yetib borishiga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

Nodira IBROHIMOVA,

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi xodimi

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar