
Muloqot buyuk shaxs – Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan boshlanib, uning hayot yo‘li, jasorati va davlatchilikdagi ulkan o‘rni haqidagi fikrlar bilan boyitildi. Bobolarimiz merosini o‘rganish – bu faqat tarixni bilish emas, balki yurakdagi vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish ekani alohida ta’kidlandi.
Otabek Hasanov tomonidan sun’iy intellekt va multimedia texnologiyalari yordamida yaratilgan “Temurbek” tarixiy qissasi taqdimoti esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bu — tarixni his qilishning yangi formati!
Uchrashuv davomida:
- Bobolarimiz jasorati va matonati har bir yosh uchun ibrat va bugungi kunning kompasi ekani
- Orzu bilan maqsad farqlay bilish
- Doimiy harakat, intilish va taslim bo‘lmaslik – haqiqiy muvaffaqiyat kaliti
kabi muhim hayotiy saboqlar haqida qimmatli tavsiyalar berildi.
Haqiqiy kuch — o‘z ustida ishlashda! Haqiqiy g‘alaba — o‘zingni yengishda!


