ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. TARIXIY YUTUQ!

TARIXIY YUTUQ!

TARIXIY YUTUQ!
13-aprel, 2026

Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida kiritildiO‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi «Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi» nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Ushbu voqea bugungi kunda islomiy ilmiy va madaniy merosni taqdim etishning yangi darajasini shakllantirayotgan majmuaning beqiyos ko‘lami va ahamiyatining xalqaro miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi.

Markazning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning islom sivilizatsiyasining boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbusidir.

Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan ushbu markaz o‘zining ulug‘vor me’moriy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi: hudud maydoni — 10 gektar, binoning uzunligi — 161 metr, kengligi — 118 metr, gumbazning balandligi — 65 metr, xonalarning umumiy maydoni esa qariyb 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Aynan shu xususiyatlar jahon rekordiga asos bo‘ldi.

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi (Şeyda Subaşı) tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Markaz muzeyining turkiy dunyoning eng yaxshi muzeyi deb e’tirof etilishi xalqaro miqyosdagi tan olinishning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazi shunchaki muzey emas, balki tarixiy merosni anglash va taqdim etishda yangi yo‘nalishlarni belgilab beruvchi keng ko‘lamli ilmiy-madaniy platformadir.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar