ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “Mustaqillik to‘yi” festivaliga start berildi

“Mustaqillik to‘yi” festivaliga start berildi

“Mustaqillik to‘yi” festivaliga start berildi
23-aprel, 2026

Poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” festivalini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan Respublika tashkiliy qo‘mitasining yig'ilishi o‘tkazildi.

Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar mas’ullari, olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, san’at va madaniyat namoyandalari, ijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi xalqimizning azmu shijoati, matonati va ezgu orzu-intilishlarining yorqin ifodasi hisoblanadi. Milliy suverenitet va istiqlol g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoriga aylandi. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 2-apreldagi qaroriga muvofiq, joriy yilda mazkur sanaga tayyorgarlik mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning may–sentabr oylari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida “Mustaqillik to‘yi” festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Yig‘ilishni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ochib berdi. U o‘z so‘zida “Mustaqillik to‘yi” festivalining g‘oyaviy mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, ushbu yirik ma’rifiy loyihani hududlarda yuksak saviyada tashkil etish barcha uchun  ustuvor vazifa, yuksak iftixor ekanini ta’kidladi. Qayd etilganidek, festival aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Xalq shoiri Usmon Azim festivalning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatiga to‘xtalib, bu kabi tashabbuslar xalqimizning yuksak ma’naviy salohiyatini namoyon etishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Kinoarboblar uyushmasi raisi Matyoqub Matjonov festival doirasida milliy kino san’ati orqali istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish, tarixiy va zamonaviy yutuqlarimizni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid adabiyot va ijod orqali milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva qalamiga mansub “Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz!” nomli yangi she’r o‘qib eshittirilib, barchada katta taassurot qoldirdi.

Festival doirasida respublika bo‘ylab qator ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, “Mustaqillik marshlari”, “Bir millat – bir yurak” fleshmobi, “Vatandoshlar bilan muloqot”, “Davlat ramzlari – faxrimiz” aksiyasi kabi tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, “Mahallada bayram”, “Shukronalik uchrashuvlari”, “Yaxshilik karvoni”, “Xalq sayillari va Yangi nafas” dasturlari, “So‘z” adabiy loyihasi va “Kitob karvoni” tashabbuslari ham keng qamrovda tashkil etiladi. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Mustaqillik soatlari” hamda “Qalqon” harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar