ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Buxoro yoshlari bilan muloqot

Buxoro yoshlari bilan muloqot

Buxoro yoshlari bilan muloqot
08-may, 2026

Ma’lumki, joriy yilning 24-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. ➡️Uchrashuvda dunyoda yoshlar ongini egallashga qaratilgan turli tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi va mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilandi. Shu kuni mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni tinglashi hamda ularning muammolarini joyida hal etishi alohida ta’kidlandi.ℹ️Shunga ko‘ra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov hamda Buxoro davlat pedagogika institutida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. 🔼Dastlab mehmonlar institut hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy infratuzilmalar hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.💬Xususan, institut olimlari va yosh pedagog izlanuvchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda tatbiq etilayotgan ilg‘or pedagogik loyihalar taqdimot qilindi.📸Oliygohda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida ilg‘or tajriba va suniy intellektdan foydalangan holda, maxsus pedagogik yondashuvni amalga oshirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.📰Shundan so‘ng axborot-resurs markazi faoliyati ko‘zdan kechirilib, bu yerda ijodkor talabalar bilan muloqot qilindi. ↗️Uchrashuvning asosiy qismi taklif va tashabbuslarga boy ruhda o‘tdi. Samimiy muloqot ruhida kechgan suhbat yoshlarga katta motivatsiya berdi.📌Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan rahbarlarga yuzlanishdi. Jumladan, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash kabi qator dolzarb takliflar kun tartibiga qo‘yildi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.⚡️Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ertangi kun egalarining intilishlariga keng yo‘l ochishda muhim ahamiyat kasb etdi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar