ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Buxoroda SAYYOR QABUL

Buxoroda SAYYOR QABUL

Buxoroda SAYYOR QABUL
08-may, 2026

Bugungi global o‘zgarishlar davrida jamiyatning ma’naviy barqarorligi va intellektual salohiyatini ta’minlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar mavjud muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topishda samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri Buxoroda o‘tkazildi. Unda viloyat ziyolilari, olimlar, teatr ijodkorlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati vakillari hamda sohada faoliyat yuritayotgan mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan masalalar ochiq muhokama qilindi. Ayniqsa, teatr san’ati bilan bog‘liq muammolar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tomoshabinlarni teatrga jalb qilish, spektakllarni mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ularning g‘oyaviy ta’sirchanligini oshirish masalalari o‘rtaga tashlandi. Shu bilan birga, yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yosh ijodkorlar bilan tizimli ishlash masalalari ham dolzarb yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Tadbirda yana bir muhim masala – mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi. Ziyolilar tomonidan tinchlik qadrini anglatish, ona yurtga muhabbatni kuchaytirishga qaratilgan ma’naviy loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

Sayyor qabulda millat jonkuyari, ma’naviyatni yuksak qadrlovchi jondorlik Barot Safarov ham ishtirok etib, muhim masalani ko‘tardi. Gap shundaki, bu fidoiy inson yillar davomida tarixiy eksponatlar, noyob buyumlar, turli asrlarga taalluqli kitoblarni to‘plab, o‘z xonadonida mo‘jaz muzey tashkil qilgan. Barot aka o‘zining boy kolleksiyasini faqat shaxsiy mulk sifatida emas, balki jamoatchilikka xizmat qiluvchi ma’naviy meros sifatida ko‘rishni istaydi.

Ishchi guruh Barot akaning xonadonida bo‘lib, masalani o‘rganarkan, mutaxassislarni jalb qilib, eksponatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, davrlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Muzey tashkil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanishi ma’lum qilindi.

Ezgu ishga bel bog‘lagan Barot Safarov “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni  bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dolzarb masalalarni o‘rganish, muammolarga zarur yechim topishga qaratilgan sayyor qabullar barcha hududlarda tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar