ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Yaxshilik karvoni Xo’qandi latif mahallalarida!

Yaxshilik karvoni Xo’qandi latif mahallalarida!

Yaxshilik karvoni Xo’qandi latif mahallalarida!
08-may, 2026

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy siyosat nafaqat nazariy g‘oyalar, balki aniq amaliy tashabbuslar orqali hayotga tatbiq etilmoqda. Ana shunday keng qamrovli va ta’sirchan loyihalardan biri – “Mustaqillik to‘yi” festivalidir. Mazkur festival davlat siyosatining inson qadri, milliy birdamlik va ma’naviy yuksalishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini jonli ifoda etib, jamiyatda yangi kayfiyat va faollik muhitini shakllantirmoqda, deyish mumkin.

Festivalning Qo‘qon shahridan boshlangani bejiz emas. Tarixiy ildizlari chuqur, madaniy merosi boy bo‘lgan bu hududda o‘tgan tadbirlar o‘tmish va bugunni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prikka aylandi. Bu yerdagi har bir tadbir, har bir chiqish, har bir madaniy loyiha xalqning o‘z tarixiga bo‘lgan hurmatini va kelajakka ishonchini yanada mustahkamladi. Xususan, “Muqimiy”, “Tolzor” mahallarida zo‘r shukuhda o‘tgan “Shukronalik” madaniy-ma’rifiy tadbirlarda har bir  islohot samarasi nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarda, balki qo‘qonliklarning dunyoqarashi, orzu-intilishlari va hayotga munosabatida ham yaqqol sezilayotgani, qalblardagi shukronalik tillarda, duolarda namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi.

Festival doirasida tashkil etilgan “Yaxshilik karvoni” aksiyasi orqali mehr-e’tiborga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, jamiyatdagi saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi fazilatlar amalda namoyon etildi. Bu kabi tashabbuslar aholi o‘rtasida ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirib, “inson qadri uchun” tamoyilining hayotiy ifodasiga aylanmoqda.

Festivalning eng yorqin nuqtalaridan biri – ochiq osmon ostidagi kino namoyishi bo‘ldi. Kinokarvon loyihasi doirasida Amir Temur filmining namoyish etilishi nafaqat madaniy hordiq, balki tarixiy xotirani anglash, milliy iftixorni uyg‘otishga xizmat qildi. Ushbu loyiha orqali kattayu kichik bir maydonda jam bo‘lib, umumiy qadriyatlar atrofida birlashdi. Bu esa madaniyat va san’atning jamiyatni birlashtiruvchi kuch ekanini yana bir bor isbotladi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Mustaqillik to‘yi” festivali – bu oddiy madaniy tadbir emas. U jamiyatdagi ijtimoiy faollikni oshirish, insonlarda daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish va milliy g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan muhim platformaga aylanmoqda. Eng muhimi, mazkur yirik loyiha orqali xalq va davlat o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik yanada mustahkamlanmoqda. Sentyabr oyiga qadar butun mamlakat bo‘ylab davom etadigan festival Yangi O‘zbekiston g‘oyasini har bir mahallaga, har bir xonadonga olib kirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demakki, “Mustaqillik to‘yi”ni  nafaqat bayram, balki jamiyat uyg‘onishining, ma’naviy yangilanishning va umummilliy birdamlikning yorqin ramzi sifatida ifoda etish mumkin.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar