ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “Buyuk Sharq Renessansi” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi

“Buyuk Sharq Renessansi” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi

“Buyuk Sharq Renessansi” xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi
08-may, 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi PQ–346-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Fan olimpiadalari markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida joriy yilning 4–7 may kunlari Toshkent shahrida “Buyuk Sharq Renessansi” xalqaro olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur olimpiada tarix, geografiya, adabiyot, san’at va islom sivilizatsiyasi yo‘nalishlarini qamrab olib, IX–XVI asrlar oralig‘ida Markaziy Osiyo hududida yashab ijod qilgan buyuk allomalarning hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, mintaqadagi noyob tarixiy obidalarga bag‘ishlangan bilimlar sinovi asosida tashkil etilgan.

Olimpiada mazmunida Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Forobiy, Jaloliddin Rumiy va Amir Temur kabi jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan zotlarning merosi markaziy o‘rin tutadi.

Shu bilan birga, olimpiada ishtirokchilari Markaziy Osiyo va qo‘shni davlatlarda joylashgan tarixiy obidalar — Somoniylar maqbarasi, Kalon minorasi, Registon majmuasi, Ulug‘bek madrasasi, Shirvanshohlar saroyi, Qiz qal’asi kabi me’moriy durdonalar haqidagi bilimlarini ham sinovdan o‘tkazadilar.

Olimpiadada Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 50 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Har bir davlatdan 14–18 yoshli o‘quvchilardan iborat jamoalar ishtirok etib, ularga tajribali rahbarlar hamrohlik qilmoqda. Shuningdek, musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali ekspertlar, olimlar va professorlar jalb etilgan.

Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • birinchi bosqichda ishtirokchilar Sharq allomalari ijodi va ilmiy merosi bo‘yicha chuqur tahliliy va ijodiy yozma ishlar tayyorlaydi;
  • ikkinchi bosqichda esa tarixiy obidalar bo‘yicha ilmiy-amaliy tahlillar taqdim etiladi.

G‘olib jamoalar oltin, kumush va bronza medallar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va madaniy meros ob’ektlariga sayohatlar tashkil etildi.

Mazkur xalqaro olimpiadani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Markaziy Osiyo allomalarining jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib qilish, yoshlar ongida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, boy madaniy va ma’naviy merosimizni xalqaro miqyosda ommalashtirishdan iborat.

“Buyuk Sharq Renessansi” xalqaro olimpiadasi bugungi kunda nafaqat bilimlar bellashuvi, balki turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim intellektual platformaga aylanmoqda. U yoshlarni birgalikda fikr yuritish va yechim topishga o‘rgatadi.

Mazkur nufuzli intellektual musobaqa har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib, Sharq allomalari merosini chuqur o‘rganish va uni jahon miqyosida targ‘ib etishga xizmat qiladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar