
Ta’lim muassasalarida “Mustaqillik soatlari” ni yuqori saviyada tashkil etishga bag‘ishlangan Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tuvchi “Mustaqillik soatlari” ni mazmunan boy, ta’sirchan va hayotiy ruhda tashkil qilish, sodda va samarali usullardan foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bugungi kunning muhim talabi.
“Mustaqillik soati” shunchaki an’anaviy mashg‘ulot emas, balki o‘quvchilarni o‘ylashga, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashashga undaydigan jonli ma’naviy-ma’rifiy muloqot maydoniga aylanadi.


