
Tadbirda tarixchi olimlar, temurshunoslar, ziyolilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur merosining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati xususida fikr almashdilar.
Anjuman doirasida “Temur tuzuklari” ning o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan yangi nashri hamda zamonaviy texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan illyustratsiyalar va videomateriallar bilan boyitilgan “Temurbek” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Ta’kidlanganidek, ushbu nashrlar xalqimizning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muhabbat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


