
Respublika Ma’naviyat va Ma'rifat Markazi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligidaVatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning iyun–avgust oylari davomida respublikamizdagi barcha bolalar oromgohlarida “Yangi О‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida madaniy-ma’rifiy loyiha о‘tkaziladi.Loyihadan kо‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iboratdir.Loyiha doirasida taniqli olimlar, ijodkorlar, targ‘ibotchilar, san’atkorlar va jamoat arboblari ishtirokida uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, kitobxonlik kechalari, intellektual о‘yinlar, ijodiy tanlovlar, konsert dasturlari hamda turli qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi.Ushbu loyiha orqali bolalarning mazmunli hordiq chiqarishiga, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga, shuningdek, Yangi О‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini shakllantirishga xizmat qilinadi.


