
Ishtixonda “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida Kitobxonlik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tuman markazidagi Ustozlar xiyobonida o‘tkazilayotgan festival yuzlab kitobsevarlar, ijodkorlar va zakovat ixlosmandlarini bir maydonga jamladi.
Festival dasturidan aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan qator loyihalar, tanlovlar, intellektual bellashuvlar o‘rin olgan.


