ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “DAHOLIK TALABGORI”GA JAVOB

“DAHOLIK TALABGORI”GA JAVOB

“DAHOLIK TALABGORI”GA JAVOB
18-mart, 2024

“DAHOLIK TALABGORI”GA JAVOB

Sohibidan ruhsat so‘raysan avval
Bir uyga kirmoqchi bo‘lsang mabodo.
Odamiy emaslar bilmaydi buni,
Inson zotiga bu oddiy qoida.
O‘zini poklaydi pok qalbli odam
O‘zga ostonani bosmoqdan oldin.
Ortga, oldga qarar farosatli qalb
Kimdir haqda bir so‘z yozmoqlik uchun.

Sen ey, bu nutqu, bu tarovat bilan
“Dahotalablik”ka o‘zin otgan kas,
Adashganlar kabi beso‘roq, bevaqt – 
Qalbimga kirmoqni ayladingmi qasd?
Millatni asrlar silsilasidan
Nurdek olib o‘tgan hadni bilmas zot,
Yigit noming bilan ayol qalbini  
Kavlashga qoldimi kunlaring, hayhot?!
Kim sendan maslahat so‘radi poklik,
Hayo, sadoqatdan zorlanib, nolib?
Seni kim eslardi Haqdan ustozlar
Buxoriy, Navoiy, Avloniy... qolib?!Hayo, ibo, vafo uch-to‘rt bo‘lvolib
Chaqib tuflanuvchi pista po‘choqmas,
Ojiz ayol kunda yangilashga o‘ch
Libos, soch turmagi, atir, munchoqmas.
Sevgi, vafo, poklik, hayo To‘maris
Jonu jigaridan ortiq rostlikdir.
Jaloliddin Manguberdi saltanat
Taqdirini tikkan muqaddaslikdir.
Sening nazdingda erk, baxt manzili bu –
Ishratparastlardan naxs bosgan uya.
Shuuring yetmaydi: nechun bir umr
Hijronni visol deb suymish Zulfiya.

...Ijozat so‘raydi har uy, har qalbga
Kirmog‘idan oldin sohibi idrok.
O‘zin jar tubida ko‘rar oqibat
Har kimki birovga qazir ekan choh.
Odamiylikning cho‘ng hikmatlariga,
Bashariyat odim, shiddatlariga –
G‘ov bo‘lgan bu nopok diydiyolaring
Olib bor muhlisi fikratlaringga!
Garchi haddan oshdi dilozorliging,
Mo‘min-muslimga yot nafs bozorliging,
Salomingga loyiq alik qilmayman,
Allohdan senga chin mardlik tilayman.

Muhtarama ULUG‘OVA

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar