MILLIY QADRIYATLARGA ASOSLANGAN DAVLAT XIZMATI


1/5Davlat xizmatining chinakam samaradorligi uning o‘z xalqi tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan qanchalik uyg‘unligiga bog‘liq. Shu ma’noda, milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigini mustahkamlovchi muhim omil hisoblanadi.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab barcha vazirlik va idorlar bilan hamkorlikda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” ijtimoiy loyihasi aynan davlat xizmatchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqatni mustahkamlash, boshqaruv madaniyatini yuksaltirish hamda kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.
21-25-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Madaniy meros agentiligi markaziy apparati xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-treninglar interaktiv muloqot va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazildi. Zamonaviy davlat xizmatida ma’naviy qadriyatlarning o‘rni, fuqarolar va jamoa bilan ishlash, shaxsiy rivojlanish, boshqaruv psixologiyasi hamda stressni samarali yengish mavzularidagi seminar-treninglariga 570 ga davlat xizmatchilari qamrab olindi.

