ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. YON-ATRORFINGIZGA BЕFARQ BO‘LMANG!

YON-ATRORFINGIZGA BЕFARQ BO‘LMANG!

YON-ATRORFINGIZGA BЕFARQ BO‘LMANG!
25-mart, 2024

Avtobus ichidagi odamlarni telefonda so‘zlasha boshlagan ayolning ovozi hushyor torttirdi:–Uyqudan turdingmi? – xuddi o‘z uyida o‘tirgan kabi baland tovushda o‘g‘lining nomini aytib, keyin uni so‘roqqa tuta boshladi ayol.
 – Kiyimlaringning hammasi kir bo‘lgandir. Ularni ozgina kir yuvish parashogi bilan kirmashinaga solib...Atrofdagilarning yuzida turli ifoda zohir bo‘ldi: “muncha baland ovozda gapiradi?”, “shuniyam hammaga eshittiradimi?”, “tovushini pasaytirsa-chi...”
Men ayolning ro‘parasida turganim uchun uning ko‘zlariga kulimsirab tikilaman, barmog‘imni bilinar-bilinmas labimga bosaman.
Lekin u garchi meni ko‘rib turgan bo‘lsa-da, yuz ifodalarimga umuman e’tiborsiz. Telefondagi gapini davom ettiradi:–...kirlaringni kir yuvish mashinasiga solib aylantirvor, o‘zing cho‘milib chiq!
Shu yerga kelganda, ayollar, ayniqsa, yosh qizlar xijolatlik bilan kim yerga qaradi, kim labini tishladi, kim boshini ohista sarak-sarak qildi – bu holatni aksariyat yo‘lovchilar ko‘rib, anglab turishibdi, faqat o‘sha ayoldan boshqalar...Shaxsiy gaplarni past ovozda, bu masalaga aloqasi bo‘lmaganlarga eshittirmay gapirish – farosatlilik belgisi. Xuddi shuningdek, farosatli odam o‘z gap-so‘zlari, xatti-harakatlari bilan atrofidagilarini ham noqulay vaziyatda, xijolatda qoldirmaydi.Muhtarama ULUG‘OVA

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar