
Rossiyaning Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir boʻlgan fojiani har bir inson qalbi va ongi bilan keskin qoralaydi.
Bugun dunyoda boʻlayotgan tahlikali vaziyatlarni koʻrib, dono xalqimizning hamisha zaminga, olamga tinchlik tilashida qanchalar katta hikmat borligini chuqur his qilmoqdamiz.
Begunoh insonlarning, bolalarning qurbon boʻlgani, jarohatlangani butun insoniyatning urushga, terrorizmga qarshi nafratini yanada kuchaytirmoqda. Tinchlikni esa buyuk ne'mat sifatida qadrlashimiz har qachongidan ham zurur va shartligini anglatmoqda.
Fojia oqibatida vafot etganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez orada sogʻayib ketishlarini tilaymiz.
Bugun tobora globallashayotgan hayotimiz har birimizdan daxldorlikni his qilib, faol fuqarolik pozitsiyasini bildirib, ogoh boʻlib yashash har qachongidan ham muhim ekanini isbotlab turibdi.
Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Axborot xizmati.


