ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Farosati sust odam

Farosati sust odam

Farosati sust odam
03-aprel, 2024

Farosati sust odamni hayotda quyidagi holatlarga yo‘l qo‘yishiga ko‘ra aniqlash mumkin:1. O‘zini boshqalarning o‘rniga qo‘ya olmaydi. Biror bir  ishni bajarishni rejalashtirsa,  bu ishning natijasiga  boshqalar qanday qaragan bo‘lardilar, deb ish tuta olmaydi.2.Biror bir ish qilayotgan bo‘lsa, buning boshqalarga qanday ta’sir etayotganligi yoki   yoqishi va  yoqmasligini o‘ylay olmaydi.3.Bajarayotgan ishining natijasini emas, ishning faqat hozir kechayotgan jarayonini ko‘radi.4.Jamiyatda va o‘z hayotida besh-o‘n yildan keyin qanday o‘zgarishlar yuz berishini tasavvur ham eta olmaydi.5.Ehtiroslarga beriluvchan bo‘ladi, ayniqsa, jahli chiqqan, kayfiyati buzilgan holatlarda o‘zini tuta olmaydi.6.Boshqalarni  sabr qilib  oxirigacha eshita olmaydi, o‘zini hamisha “to‘g‘ri qilyapman”, deb biladi.7.Munosabatlarda faqat “men” so‘zini ishlatishga urg‘u beradi, “Biz” va “Siz” olmoshlarini kam ishlatadi.8.Atrof-muhitda yuz berayotgan jarayonlar va holatlar mantig‘ini tez fahmlay olmaydi.9.Jamoaviy bajarilayotgan ishlar paytida o‘zining hatti-harakatlari boshqalarga xalal berayotganini anglamaydi.10. Milliy ma’naviyat, davlat obro‘-e’tibori, mavqeining nechog‘li muhimligi, oila nufuzi,  shaxs oriyati, g‘ururi singari milliy qadriyatlar mohiyatini anglamaydi.11. Pokizalikka, tozalik, orastalikka e’tibor qilish masalasida did va saviyasi past bo‘ladi, bu borada umumiy qabul qilingan qoida va me’yorlarga rioya qila olmaydi. 12. Yurishi, turishi, o‘tirishida o‘zini besaranjom tutadi, ehtiyotkorligi zaif bo‘ladi. Bexosdan qo‘lidagi narsalarini tushirib qo‘yadi yoki to‘kib yuboradi.13. Muloqot paytida masala hamma kutgan yechimga borayotgan bir paytda dabdurustdan muammoning hal etilishiga mantiqan  zid keluvchi fakt yoxud fikrni o‘rtaga tashlaydi va o‘zi anglamasdan ham o‘ziga, ham jamoa zarariga ishlab qo‘yadi.14.Majlis va suhbatlarda vaqt meyyorini saqlay olmaydi. So‘z berilganda  umumiy qabul qilingan va belgilangan  vaqt reglamentiga rioya qila bilmaydi va yig‘ilgan odamlarning  majlis cho‘zilayotganidan  noroziliklarini his eta olmaydi. Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi Mansur Bekmurodovning "Farosat ilmi" kitobidan

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar