
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Shayhontoxur tumanidagi “Gulbozor” mahallasida “Xon atlas festivali” doirasida “Kitobxon onalar” kuni keng o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ham ishtirok etib, ayolning jamiyatdagi va oiladagi o‘rni beqiyosligi, har bir ona kitobxon bo‘lishi, o‘z onasichalik farzandiga hech kim g‘amxur bo‘lolmasligi, ona bola uchun buyuk ustoz ekanligini, farzand tarbiyasi uchun onalar tarbiyasi birinchi o‘rinda to‘rishligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Mahallaning nuroniy onaxonlari va uy bekalari, oila qo‘rish arafasidagi qizlar bilan davra suhbatlari, mushoiralar o‘tkazildi.Tadbir doirasida kitobxonlik aksiyasi ham tashkil etildi.
Markaz tashabbusi bilan “Gulbozor” mahallasidagi kutubxona uchun eng sara badiiy adabiyotlar jamlanmasi sovg‘a qilindi.


