ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Har yili mashhur allomalar hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratiladi

Har yili mashhur allomalar hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratiladi

Har yili mashhur allomalar hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratiladi
22-aprel, 2024

Asarlar mualliflariga qalam haqi Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.

“Bolalar uchun mashhur allomalarimiz ilmiy-maʼrifiy merosi hamda ularning ibratli hayotiga bagʻishlangan maxsus asarlar yaratish dasturi toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarori Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Hujjatga koʻra, yosh avlodni ulugʻ ajdodlarimizning ilmiy-maʼrifiy va maʼnaviy merosi bilan yanada kengroq tanishtirish va ularning ibratli hayotiga bagʻishlangan maxsus asarlar yaratish orqali ularda milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini yanada rivojlantirish maqsadida har yili 50 nomda maxsus, ixcham asarlar yaratiladi.

Jumladan, joriy yilning oʻzida Avloniy, Beruniy, Temur Malik, Najmiddin Kubro singari tarixiy shaxslar haqida asarlar yaratish koʻzda tutilgan.

Quyida ularning roʻyxati keltirilgan:

Hujjatda yozilishicha, keyingi yillar uchun yaratilishi moʻljallangan asarlar roʻyxati har yili 1-fevralga qadar ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Roʻyxat shakllantirilishida kitobxonlar, ota-onalar, noshirlar va taʼlim muassasalari mutaxassislarining taklif-mulohazalari umumlashtirilib, kitob mahsulotlari milliy bozori ehtiyojlari muntazam oʻrganib boriladi va zarur hollarda Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Dastur doirasida yaratiladigan asarlar mualliflariga qalam haqi Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.

Asarlarni nashrga tayyorlash, chop etish va tarqatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar ham Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi har yili chop etiladigan asarlarni nashrga tayyorlash va chop etish uchun eng maqbul takliflar asosida nashriyot va matbaa korxonalarini aniqlaydi.

Chop etilgan asarlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va bolalar kutubxonalari, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimidagi axborot-kutubxona markazlari hamda Respublika bolalar kutubxonasiga bepul tarqatiladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar