Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!


1/10Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarida Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.
Unda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlangan seminarda uchta asosiy mavzu bo‘yicha "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolarining ma’ruzalari tinglandi. Veb-sayt |Telegram |


