Samarqand — jahon shaxmatining markazi
11-sentabr, 202615 sentyabr kuni Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ilk tur bahslari 16 sentyabrda boshlanib, musobaqa 27 sentyabrga qadar davom etadi.
Olimpiada doirasida FIDE Kongressi, shaxmatni ta’limga integratsiya qilishga bag‘ishlangan sammit hamda FIDE Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. Shuningdek, FIDEning keyingi to‘rt yillik rahbariyati va 2030 yilgi Shaxmat Olimpiadasi mezboni aniqlanadi.
Shu tariqa, sentyabr oyining ikkinchi yarmida Samarqand jahon shaxmatining asosiy markaziga aylanadi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi taqdim etadi.

