O‘zbekiston va Yaponiya: Kelajak ta’limi va yuksak ma’naviyat yo‘lida yangi qadam!


1/8Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning nufuzli Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti janob Xaruo Saburi bilan uchrashdi. Uchrashuvdan eng muhim va qiziqarli tafsilotlar: • Insoniylik darslari: Delegatsiya universitetning "Inson hayoti fanlari" (Department of Human Life) bo‘limi ish uslubini o‘rgandi.
Bu yerda talabalarga gumanitar qadriyatlarni o‘rgatishning eng zamonaviy va o‘ziga xos metodlari qo‘llanadi. • Vatandoshlar bilan uchrashuv: Mazkur universitetda tahsil olayotgan 27 nafar o‘zbekistonlik talaba bilan samimiy suhbat tashkil etildi.
Yoshlarimizning yutuqlari va kelajak rejalari tinglandi. • Katta maqsadlar: Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt |Telegram |

