“BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ”
13-sentabr, 2026Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Ma’rifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbir ma’rifiy uchrashuvlar, kuy-qo‘shiqlar va san’at namunalari bilan davom etdi.

