Yaponiyaning Nagoya shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi.


1/6Yaponiyaning Nagoya shahrida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyada istiqomat qilayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va erishilayotgan yutuqlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, chet eldagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir doirasida mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan futbol musobaqasi g‘oliblari ham taqdirlandi. Musobaqada Nagoya jamoasi 1-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tadbir samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilar yurtimiz mustaqilligining ulug‘ bayrami bilan tabriklandi. Veb-sayt |Telegram |



