“Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak” — Saida Mirziyoyeva


1/6Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda. Shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyat esa uning kelajagiga har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilmoqda.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy ob’yektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
“Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak”, — dedi Saida Mirziyoyeva.



