Mustaqillikning 35-yilligi: taraqqiyot va kelajak sari


1/5Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, inson qadri, milliy birlik, yoshlar tarbiyasi va mamlakat kelajagiga daxldor muhim g‘oyalar muhokama qilindi.Tadbirda Mustaqillikning 35-yilligi nafaqat bosib o‘tilgan yo‘l sarhisobi, balki yangi marralar sari ishonchli qadam ekani ta’kidlandi. Yakunlovchi qismida Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida har bir xodimning mas’uliyati, tashabbuskorligi va daxldorlik hissini yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Veb-sayt |Telegram |


