“Kitob diplomatiyasi” – O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlikning yangi muloqot maydoni

- Prezidentimiz tashabbusi bilan chop etilgan ushbu kitob-albom mamlakatimizda turizm, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim kabi qator muhim sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng ko‘lamini ko‘rsatib beradi. Bugun yangi bir tushuncha paydo bo‘lgan: kitob diplomatiyasi.
Biror davlatga borib, turli tashkilotlar vakillari bilan uchrashsak, ularga kitob sovg‘a qilamiz. Zero, kitob do‘stlikning boshlanish belgisi.
“Mustaqillik zafarnomasi”ni Yaponiya Parlamentida ham qoldiryapmiz. Vaqt o‘tishi, vakillar almashishi mumkin, asar esa ishonchli manba sifatida saqlanib qoladi.
Kitob insonlarni birlashtiradi. Ishonamanki, bu asar ham O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.- dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov Veb-sayt |Telegram |


