Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.


1/6O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini Adliya vazirligi xodimlariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini tushuntirish maqsadida bugun Adliya vazirligida o‘quv-seminari o‘tkazildi. O‘quv-seminar davomida Prezident nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularning mamlakat taraqqiyoti, jamiyat hayoti va aholining farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan fikr almashilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, adliya organlari va muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Veb-sayt |Telegram |


