O’zbekiston o’rtoqlik o’yinida Eronni 3:1 hisobida mag’lub etdi
24-sentabr, 2026Dastlab, 10-daqiqada Eldor Shomurodov raqiblarning xatosidan keyin hisobni ochdi. 49-daqiqada eronliklar jarima zarbasidan so’ng, muvozanatni tiklashdi.
58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada esa Husayn Norchayev o’yinga nuqta qo’ygan golni kiritdi – 3:1.
Terma jamoamizning keyingi o’rtoqlik o’yini 1-oktyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi bo’lib o’tadi.

